Stomatologiya
Chinberdiyev Sardorbek Abdujalil o‘g‘li
Stomatolog shifokor
5 yillik klinik tajribaga ega stomatolog, ortodont.
Toshkent davlat stomatologiya institutini «Stomatologiya» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yildan buyon ortodontiya va tish-jag‘ anomaliyalarini kompleks davolash sohasida amaliy faoliyat olib boradi.
2025-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutining diplomdan keyingi ta’lim fakultetida «Ortodontiya» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan.
Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• Bolalar va kattalarni ortodontik davolash
• Tishlamni to‘g‘rilash
• Tishlar tig‘izligini davolash
• Ortopedik va jarrohlik davolashga tayyorlash
• Gnatologiya
• Tish-jag‘ ortopediyasi
• Zamonaviy breket-tizimlar va elaynerlar
Zamonaviy ortodontik davolash protokollarini, jumladan dunyoning yetakchi mutaxassislari funksional va estetik natijaga erishish uchun qo‘llaydigan Pitts Protocolni egallagan.
O‘zbekiston, Rossiya, AQSH, Italiya va Meksikaning yetakchi mutaxassislari rahbarligida ortodontiya, gnatologiya va tish-jag‘ ortopediyasi bo‘yicha 20 dan ortiq ixtisoslashgan kurs va ta’lim dasturlarini o‘tab, muntazam malaka oshirib boradi.
Davolashda kompleks yondashuvga amal qiladi, tabassum estetikasigagina emas, balki tish-jag‘ tizimining to‘g‘ri ishlashiga ham alohida e’tibor beradi.